Tasdiqlangan
Bosh Direktor
«Viva Kontent» MChJ
«Viva Health (zoj.vvc.uz)» portalidan foydalanish to`g`risidagi
OMMAVIY OFERTA
«Viva Health
(zoj.vvc.uz)» portalidan foydalanish to`g`risidagi ushbu ommaviy oferta
(keyingi o`rinlarda "Oferta" deb yuritiladi) «Viva Health
(zoj.vvc.uz)» portalidan foydalanish bilan bo`g`liq bo`lgan hisob-kitob
xizmatlarini ko`rsatish to`g`risidagi Shartnomaning (keyingi o`rinlarda Xizmat
ko`rsatish to`g`risidagi shartnoma" va/yoki "Shartnoma" deb
yuritiladi) tuzilishi shartlarini o`z ichiga oladi. Ushbu Ofertada ko`rsatilgan
harakatlarning amalga oshirilishi jismoniy shaxsning ushbu Ofertada ko`rsatilgan
tartib, hajm va shartlarga muvofiq tarzda Shartnomani tuzishga roziligini
tasdiqlanaydi.
Quyidagi
keltirilgan Oferta matni "Viva Kontent" MChJning rasmiy ommaviy
taklifi bo`lib, "foydalanuvchi" mezonlariga javob beradigan jismoniy
shaxslarga, O`zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksining 369-moddasi
2-bandiga muvofiq xizmat ko`rsatish to`g`risidagi shartnoma tuzishga
qaratilgan. Jismoniy shaxs tomonidan ushbu Ofertada nazarda tutilgan va
jismoniy shaxs tomonidan ushbu Ofertaning barcha shartlarining hech qanday
cheklovlarsiz to`liq va so`zsiz qabul qilinishini anglatuvchi Ofertaning
aksepti bo`yicha harakatlar amalga oshirilishi bilan Xizmat ko`rsatish
to`g`risidagi shartnoma tuzilgan hisoblanadi va kuchga kiradi.
Foydalanuvchining «Viva
Health (zoj.vvc.uz)» portalidan foydalanishi Servis Operatori tomonidan (umumiy
olganda) foydalanuvchi jismoniy shaxs bo`lib Servisga obuna bo`lish uchun
O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq tegishli huquqiy
imkoniyatlarga ega ekanligi so`zsiz tasdiq (prezumpsiya) o`rnida hisoblanadi,
shuningdek Foydalanuvchi ushbu Ofertaning barcha shartlarini mustaqil ravishda
o`qigan va tushungani, ularga hech qanday e`tiroz bildirmasligi, ularga rioya
qilishga rozi ekanligi, shuningdek «Viva Health (zoj.vvc.uz)» portalidan
foydalanganda, O`zbekiston Respublikasi amaldagi qonun hujjatlarining barcha
normalariga rioya qilish majburiyatlarini o`z zimmasiga olishini bildiradi.
Foydalanuvchi Servis Operatori ushbu xatboshida ko`rsatilgan prezumpsiyaga
to`liq ishonish huquqiga ega ekanligini tasdiqlaydi.
SHUNI E`TIBORGA
OLISH KERAKKI, OFERTANING TO`LIQ MAZMUNI YOKI UNING BIRONBIR QISMIGA NISBATAN
ROZILIK BILDIRMAGAN VA/YOKI USHBU OFERTANING BIRONBIR QOIDALARI MAZMUNIGA
TUSHUNMAGAN JISMONIY SHAXS «VIVA HEALTH (ZOJ.VVC.UZ)» PORTALIDAN FOYDALANISHNI
BOSHLAMASLIGI KERAK.
Ofertaning joriy
versiyasi Servisning quyidagi veb-saytida joylashtirilgan: zoj.vvc.uz
I.
Atamalar va izohlar:
Abonent
raqami - uyali aloqa operatori bilan
uyali aloqa xizmatlarini ko`rsatish to`g`risidagi shartnoma tuzgan,
foydalanuvchi hisobining identifikatori sifatida xizmat ko`rsatuvchi Servis
operatori hisobiga chiqadigan shaxsni aniq belgilaydigan foydalanuvchi uyali
aloqa operatori tarmog`iga ulangan paytda Foydalanuvchiga tayinlangan telefon
raqami. Ushbu oferta maqsadlari uchun "abonent raqami" va "mobil
aloqa operatori bilan mobil aloqa xizmatlarini ko`rsatish to`g`risidagi
shartnoma" atamalari bir ma`noga egadir.
Avtorizatsiya - foydalanuvchi tomonidan kiritilgan autentifikatsiya
ma`lumotlarini tahlil qilish va taqqoslash bilan birga natijada
Foydalanuvchining Servis xizmatlaridan foydalanish huquqi mavjudligi aniqlash
jarayoni. Avtorizatsiya Servis Operatori tomonidan dasturiy-apparat
vositalaridan foydalangan holda avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
Autentifikatsiya
ma`lumotlari - Abonentning yagona noyob raqami va
Servisga kirish uchun ishlatiladigan tasdiqlash Kodi. Autentifikatsiya
ma`lumotlari Foydalanuvchi Servisda ro`yxatdan o`tgan paytda Foydalanuvchiga
beriladi.
Kirishni
blokirovka qilish, Foydalanuvchi shaxsiy qaydnomasiga kirishni blokirovka
qilish, Xizmatdan foydalanishni blokirovka qilish - Foydalanuvchi Servisdan foydalanish bo`yicha xizmatlardan foydalana
olmaydigan Servisning texnik sozlanishi. Blokirovka ushbu ofertada ko`rsatilgan
hollar va shartlarda, shu jumladan Foydalanuvchining talabiga binoan, Servis
operatori tomonidan amalga oshiriladi.
Servisdan
foydalanish zonasi - O`zbekiston
Respublikasi.
Xizmatdan
foydalanish – Foydalanuvchi tomonidan Portal
tarkibiga kirish uchun (keyingi o'rinlarda “Xizmatdan foydalanish” deb
yuritiladi) o'z Foydalanuvchi hisobini boshqarishga qaratilgan har qanday
harakatlarni amalga oshirishi. Xizmatdan foydalanish huquqini berish. Foydalanuvchi
tomonidan Xizmatdan foydalanishga faqat xizmat narxini oldindan to'lash sharti
bilan ruxsat etiladi.
Tasdiqlash
kodi - Servis Operatori tomonidan
Foydalanuvchiga, u «Viva Health (zoj.vvc.uz)» portalida ro`yxatdan o`tishda
ro`yxatga olishni tasdiqlash uchun ko`rsatgan Foydalanuvchining abonent
raqamiga SMS-xabar orqali taqdim etiladigan raqamlarning noyob ketma-ketligi.
«Viva
Health (zoj.vvc.uz)» portali - Foydalanuvchiga
sog'lom turmush tarzi haqidagi portalga kirishni ta'minlashga qaratilgan xizmat
ko'rsatuvchi operator tomonidan taqdim etiladigan xizmat.
Servis
operatori - Toshkent shahri joylashgan "Viva
Kontent" MChJ
Foydalanuvchi – haq evaziga obuna bo`lish uchun O`zbekiston Respublikasining
amaldagi qonunchiligiga muvofiq tegishli huquq va majburiyatlarini amalga
oshirish layoqatiga ega bo`lgan, ushbu oferta shartlarini aksept qilish orqali
Xizmatlar ko`rsatish to`g`risidagi shartnomani tuzishga qaratilgan konklyudent
harakatlarni amalga oshirgan va Servisdan foydalanish uchun autentifikatsiya
ma`lumotlariga ega bo`lgan jismoniy shaxs. Yuridik shaxs xizmatdan
foydalanuvchi bo`la olmaydi. Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan foydalanuvchi
shaxsiy qaydnomasining ro`yxatdan o`tkazilishi va undan keyingi Servisdan
foydalanish faqat tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog`liq
bo`lmagan shaxsiy maqsadlar uchun amalga oshirilishi mumkin va faqat shunday
hollarda yakka tartibdagi tadbirkor Xizmatdan foydalanuvchi bo`lishi mumkin.
Foydalanuvchi
maqomi - xizmat operatori tomonidan
avtomatik ravishda o`rnatiladigan xizmatdagi Foydalanuvchining holatini
belgilovchi parametr. Xizmatdan foydalanganlik uchun Servis Operatori foydasiga
to`lovlar, agar ushbu ofertada nazarda tutilgan bo`lsa, Faol foydalanuvchi
maqomini aniqlash maqsadida hisobga olinmasligi mumkin.
Faol
foydalanuvchi maqomi - Foydalanuvchiga Servis Operatori
tomonidan Foydalanuvchi Servisga ulanganida va ketma-ket 366 (uch yuz oltmish
olti) kalendar kuni davomida kamida bir marta Servisdan foydalanilganida,
shuningdek, shu jumladan Servisdan foydalanishda amalga oshiriladigan boshqa
harakatlar, shu jumladan foydalanuvchining shaxsiy qaydnomasini boshqarishga,
xizmat operatoriga boshqa axborot so`rovlari (SMS) bilan murojaat qilishga
qaratilgan harakatlar amalga oshirilishi hisobga olinmagan holda belgilanadigan
Foydalanuvchi maqomi.
Faol
bo`lmagan foydalanuvchi maqomi -
xizmat operatori tomonidan ketma-ket 1095 (bir ming to`qson besh) kalendar kun
davomida xizmatdan foydalanmay kelayotgan Foydalanuvchiga o`rnatiladigan
foydalanuvchi maqomidir. Faol
bo`lmagan foydalanuvchi maqomi Foydalanuvchiga quyidagi holatlardan birida
beriladi: (i) xizmatdan oxirgi foydalanish kunidan boshlab 1095 (bir ming
to`qson besh) kalendar kun o`tganidan keyin; (ii) aloqa operatorining abonentni
faol bo`lmagan foydalanuvchi maqomiga o`tkazish talabiga binoan; (iii) Servis
operatoriga Foydalanuvchi tomonidan xizmatni o`chirish kodi SMS orqali
yuborilganida.
Taraflar –Servis Operatori va Foydalanuvchi.
Tariflar - Servis Operatori tomonidan ko`rsatiladigan xizmatlar, Servis
Operatori tomonidan o`rnatilgan va Servisning VEB-saytida joylashtiriladigan
Servis Operatorining komissiyalari tizimi. Tariflar shartnomaning bir qismidir.
Foydalanuvchi
shaxsiy qaydnomasi - Servis operatorining analitik
hisobidagi qaydnomasi. Foydalanuvchi shaxsiy qaydnomasining identifikatori
Servis Operatorining hisobida Foydalanuvchining abonent raqami hisoblanadi.
SMS-xabarnoma – Servis Operatorining Foydalanuvchiga yangi mahsulotlar,
yangilanishlar, shuningdek, xizmatdagi turli o`zgarishlar haqida abonentni
xabardor qilgan holda SMS-xabarlarni yuborish xizmati.
SMS
tasdiqlash xizmati - bu Servis
doyrasidagi qo`shimcha xizmatlarning ulanganligini/o`chirilganligini tasdiqlash
uchun Servis Operatorining Foydalanuvchiga SMS-xabarlarni yuborish xizmati.
Servisning
VEB-sayti - ATT Internetda, quyidagi
manzilda joylashtirilgan: zoj.vvc.uz.
Agar ushbu Oferta
matnida biron bir atamaning aniq ta`rifi mavjud bo`lmasa, Foydalanuvchi
birinchi navbatda Servisning veb-saytida keltirilgan izohlarga rioya qilish
majburiyatini oladi.
II.
Shartnoma Predmeti.
2.1. Ushbu
ofertada nazarda tutilgan konklyudent harakatlarni amalga oshirish orqali
Foydalanuvchi tomonidan ushbu Ofertani qabul qilish yo`li bilan tuziladigan
Shartnoma predmeti Servis Operatori tomonidan Foydalanuvchiga «Viva Health
(zoj.vvc.uz)» portali Servisidan foydalanish bo`yicha xizmatlar ko`rsatishdan
iborat.
2.2. Servis
Operatori ushbu Oferta shartlariga muvofiq tarzda tuziladigan Shartnoma
bo`yicha Servis xizmatini tegishli ravishda ko`rsatishi uchun, Foydalanuvchi
Servis Operatori ushbu Ofertaning 2.1. bandida ko`zda tutilgan majburiyatlarini
bajarishidan oldin ushbu Ofertaning III - bo`limida ko`rsatilgan Oferta
akseptini amalga oshirishni o`z zimmasiga oladi.
III.
Aksept Tartibi.
3.1. Ushbu Oferta
shartlariga muvofiq tarzda Shartnoma tuzish uchun foydalanuvchi uning to`liq va
so`zsiz akseptini amalga oshirish majburiyatini o`z zimmasiga oladi.
Ofertaning
akseptini amalga oshirish va Foydalanuvchi shaxsiy qaydnomasini Servis
ro`yxatidan o`tkazish uchun Foydalanuvchi uyali aloqa xizmatlarini taqdim
etadigan uyali aloqa operatori bilan Foydalanuvchi nomidan rasmiylashtirilgan
amaldagi shartnomaga ega bo`lishi shart. Uyali aloqa xizmatlarini taqdim etish
to`g`risidagi bunday shartnomaning shartlari foydalanuvchiga Abonent raqamidan
foydalangan holda ovozli qo`ng`iroqlarni qabul qilish va, shuningdek SMS va
USSD xabarlarni qabul qilish va yuborish imkoniyatini ta`minlashi kerak.
Quyidagilar bajarilgan paytidan boshlab Aksept Servis Operatori tomonidan qabul
qilingan deb hisoblanadi: «Viva Health (zoj.vvc.uz)» portalining veb-saytida
tasdiqlash kodini kiritilishi, qabul qilish (obuna) bo`limidagi
"Yuborish" tugmachasini bosilishi va Operator Servisiga obuna
bo`lganligi haqida Foydalanuvchiga ma`lumotli SMS borishi.
3.2. Ushbu
Ofertani qabul qilishga qaratilgan harakatlarni amalga oshirgan holda,
foydalanuvchi ushbu Oferta shartlarini qabul qiladi, shuningdek «Viva Health
(zoj.vvc.uz)» portalidan foydalanish bo`yicha Ommaviy oferta shartlarini to`liq
va istisnosiz qabul qiladi.
3.3. Ushbu
Ofertaning 3.1. bandida ko`zda tutilgan harakatlarni bajarilishi natijasida,
foydalanuvchiga Foydalanuvchi shaxsiy qaydnomasi taqdim etiladi; Foydalanuvchi
shaxsiy qaydnomasi foydalanuvchiga taqdim etilgan paytdan boshlab, u
xizmatlardan foydalanish huquqiga ega bo`ladi.
3.4. Foydalanuvchi
Servis ro`yxatidan foydalanuvchi shaxsiy qaydnomasini o`tkazish bo`yicha
yuqorida ko`rsatilgan barcha harakatlar amalga oshirilgan paytdan boshlab
foydalanuvchi ushbu Ofertada, Servis operatorining boshqa ichki hujjatlarida va
Servisning veb-saytida ko`rsatilgan tartibda va shartlarda Servisdan
foydalanish haqiga ega bo`ladi.
3.5. Servis
Operatori sabablarni qo`shimcha izohlamasdan ushbu Oferta shartlari bo`yicha
Foydalanuvchi bilan shartnomani tuzishdan bosh tortish huquqini o`zida saqlab
qoladi.
IV.
Servisdan foydalanish tartibi, shartlari va narxi.
4.1. Foydalanuvchi
shaxsiy qaydnomasi ro`yxatdan o`tkazilganidan so`ng foydalanuvchi xizmatdan
foydalanish huquqiga ega bo`ladi.
4.2. Xizmatdan
foydalanish uchun, foydalanuvchi kunlik abonent to`lovini 650 So`m kuniga QQS
bilan miqdorida to`laydi .
4.3. Servis
Operatori ushbu Ofertada ko`zda tutilgan aniq harakatlarni bajarish orqali
Foydalanuvchi tomonidan ushbu Ofertani qabul qilinishi natijasida tuzilgan
Shartnoma bo`yicha Tomonlarning o`zaro huquqlari va majburiyatlarining yuzaga
kelishi, o`zgartirilishi yoki bekor qilinishi elektron hisob registriga qayd
etish majburiyatini o`z zimmasiga oladi.
4.4. Foydalanuvchi
va uyali aloqa operatori o`rtasida tuzilgan mobil aloqa xizmatlarini ko`rsatish
to`g`risidagi shartnoma Foydalanuvchining foydalanuvchi shaxsiy qaydnomasini
Servis ro`yxatidan o`tkazishda Foydalanuvchi tomonidan ko`rsatilgan abonent raqami
bekor qilingan taqdirda, Foydalanuvchi yuqorida ko`rsatilgan abonent raqamini
o`z ichiga olgan autentifikatsiya ma`lumotlari yordamida xizmatdan
foydalanishni to`xtatishi va 2324 qisqa raqamiga STOP HEALTH kodini yuborib
Foydalanuvchi tomonidan mazkur Ofertani qabul qilish yo`li bilan tuzilgan
shartnomani bekor qilishi shart.
V.
Foydalanuvchining Huquq va Majburiyatlari.
5.1. Foydalanuvchi
ushbu Ofertada nazarda tutilgan tartib va shartlarda Servisdan to`liq hajmda
foydalanish huquqiga ega. Servis operatorining barcha xizmatlarining batafsil
tavsifi Servisning veb-saytida doimiy ravishda mavjud.
5.2. Foydalanuvchi
o`z ixtiyori bilan o`z autentifikatsiya ma`lumotlarini qo`llagan holda
xizmatdan foydalanish huquqiga ega. Servisdan foydalanish Servis veb-saytining
har qanday elementlarini takrorlamaslik, sotmaslik, ulardan nusxa olmaslik,
shunungdek har qanday tijorat maqsadlarida foydalanmaslik majburiyatlari bilan
cheklanadi, shu jumladan, Foydalanuvchining ushbu bandda ko`rsatilgan maqsadlar
uchun uchinchi shaxslarga Servisdan foydalanish imkoniyatini bermaslik.
5.3.
Foydalanuvchining Foydalanuvchi shaxsiy qaydnomasi ro`yxatdan o`tkazilganidan
keyin Servisdan foydalanish huquqi eksklyuziv bo`ladi va boshqa shaxslarga
o`tkazilmaydi. Agar foydalanuvchi o`zining Autentifikatsiya ma`lumotlarini
uchinchi shaxslarga ma`lum qilgan bo`lsa, Foydalanuvchi Servisdan
foydalanayotgan uchinchi shaxslar tomonidan sodir etilgan harakatlar uchun,
shuningdek uchinchi shaxslar tomonidan Servisga, Servis operatoriga va
Foydalanuvchi shaxsiy qaydnomasiga yetkazilgan zarar uchun to`liq javobgar
bo`ladi.
5.4. Foydalanuvchi
istalgan vaqtida mustaqil ravishda 2324 qisqa raqamiga STOP HEALTH kodini yuborish
orgali Servisdan foydalanishni bekor qilish va rad etish huquqiga ega.
5.5. Foydalanuvchi
o`zining Autentifikatsiya ma`lumotlarini, foydalanuvchi shaxsiy qaydnomasi
ulangan abonent raqami bilan sim-kartani, shuningdek ushbu sim-karta
o`rnatilgan uyali telefonni uchinchi shaxslar qo`lga kiritolmaydigan joyda
saqlashi shart.
5.5.1. Xizmat
operatori autentifikatsiya ma`lumotlari yordamida Servis orqali foydalanuvchi
shaxsiy qaydnomasiga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo`lmaydi.
5.5.2.
Foydalanuvchi o‘z qurilmasidan (smartfon/planshet/PC) Operatorning SIM-kartasi
orqali mobil internet tarqatayotgan Wi-FI nuqtasi (modem/router)ga ulanganida,
Foydalanuvchiga marshrutizator (modem/router)dan IP-manzil biriktiriladi.
Foydalanuvchi Operatorning SIM-kartasi bilan marshrutizator orqali internetdan
foydalansa, xizmat marshrutizatorda o‘rnatilgan telefon raqamida yoqiladi.
5.6. Ushbu Oferta
shartlari asosida Shartnoma tuzish orqali foydalanuvchi O`zbekiston
Respublikasining 02.07.2019 yildagi O`RQ-547-sonli "Shaxsga doir
ma`lumotlar to`g`risida"gi Qonuniga muvofiq, o`z xohishiga ko`ra va o`z
manfaatlari uchun Servis Operatori tomonidan, abonent raqami, Servisdan
foydalanish uchun yechilish summasi kabi uning shaxsiy ma`lumotlari bilan
ishlashga rozilik beradi. Shaxsiy ma`lumotlar bilan ishlashga rozilikni bekor
qilish Foydalanuvchi tomonidan Servis Operatori xodimiga shaxsni tasdiqlovchi
hujjatni taqdim etilganidan so`ng amalga oshiriladi.
5.7. Ushbu Oferta
shartlariga muvofiq tarzda Shartnoma tuzish orqali, Foydalanuvchi o`zining
xizmatlarini taqdim etuvchi uyali aloqa operatori bilan uyali aloqa
xizmatlarini taqdim etish to`g`risidagi amaldagi shartnomaga ega ekanligini va
Foydalanuvchi nomidan ro`yxatdan o`tishda Foydalanuvchi tomonidan ko`rsatilgan
Abonent raqamidan foydalanish huquqiga ega ekanligini tasdiqlaydi va Servis
Operatorining birinchi so`roviga binoan Foydalanuvchi shaxsiy qaydnomasini
boshqarish huquqiga ega ekanligini tasdiqlash uchun ko`rsatilgan shartnomani
taqdim etishga rozilik bildiradi.
5.8. Ushbu Oferta
shartlariga muvofiq tarzda Shartnoma tuzish orqali Foydalanuvchi Servis
Operatoriga ovozli qo`ng`iroqlarni amalga oshirish huquqini beradi, shu
jumladan, Servis Operatoridan (yoki u orqali shu maqsadda jalb qilingan
uchinchi shaxs tomonidan) telekommunikatsiya tarmoqlari yoki Uyali aloqa
operatorining telekommunikatsiya tarmoqlari orqali, shuningdek (lekin shu bilan
cheklanmagan holda) Foydalanuvchi tomonidan shaxsiy qaydnomasini ro`yxatdan
o`tkazish paytida ko`rsatilgan Abonent raqamiga ma`lumotli SMS-xabarlarini
olishga rozilik beradi.
VI.
Maxfiylik va xavfsizlik.
6.1. Taraflar
Servis orqali almashilgan yoki Servisdan foydalanish sababli taraflarga ma`lum
bo`lgan ma`lumotlarning xavfsizligi va himoyasi uchun barcha zarur choralarni
ko`rish majburiyatini o`z zimmalariga oladilar.
6.2. Foydalanuvchi
maxfiylikni saqlash, maxfiy ma`lumotlardan ruxsatsiz foydalanishning oldini
olish va autentifikatsiya ma`lumotlarini uchinchi shaxslarga ruxsatsiz ma`lum
bo`lishidan himoya qilish bo`yicha barcha zarur choralarni mustaqil ravishda
qabul qilish majburiyatini o`z zimmasiga oladi.
6.3. Servis
Operatori Foydalanuvchining shaxsiy ma`lumotlari, shuningdek Foydalanuvchi
tomonidan Servisdan foydalanish munosabati bilan Servis Operatoriga ma`lum
bo`lgan Foydalanuvchi haqidagi boshqa ma`lumotlarga nisbatan maxfiylikka rioya
qilish majburiyatini o`z zimmasiga oladi, bundan quyidagi hollar mustasno:
• bunday
ma`lumotlar ommaga ma`lum bo`lsa;
• ma`lumotlar
Foydalanuvchining ruxsati yoki talabi bo`yicha oshkor etilsa;
• axborot
foydalanuvchi kontragentlariga ushbu Oferta shartlari asosida tuzilgan
Shartnoma shartlarini bajarish uchun zarur bo`lgan hajmda taqdim etilishi lozim
bo`lsa;
• axborot qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar bo`yicha, shubhali bitimlar asosida yoki
sud/vakolatli davlat organlarining tegishli so`rovlari kelib tushgan taqdirda
oshkor etilishi talab qilingan bo`lsa.
6.4. Servis
Operatori Servisdan foydalanishni blokirovka qilish va / yoki Foydalanuvchi
Servisdan foydalanishini rad etish huquqini o`zida saqlab qoladi, shu jumladan
Foydalanuvchi harakatlarining qonuniyligiga shubha tug`ilganda.
6.5. Foydalanuvchi
Servisdan tizimli foydaga yo`naltirilgan operatsiyalarni amalga oshirish uchun
foydalanishga haqli emas.
6.6. Servis
Operatori Foydalanuvchining shaxsiy ma`lumotlarining maxfiyligini doimiy
ravishda kuzatib borish majburiyatini oladi. Servis Operatori Foydalanuvchining
aniqlaydigan ma`lumotlarinidan foydalanmaslikni yoki ularni oshkor etmaslikni
o`z zimmasiga oladi.
6.7. Servis
Operatori istalgan vaqtda Foydalanuvchiga qo`shimcha manzilli xabar bermasdan
Servisdan foydalanish uchun qo`shimcha xavfsizlik choralarini ishlab chiqish va
amalga oshirishga haqlidir. Bunday qo`shimcha xavfsizlik choralarini joriy
etish va bunday chora-tadbirlar joriy etilishi munosabati bilan
foydalanuvchilarning xatti-harakatlari haqida Servis Operatori (agar iloji
bo`lsa) Servisning veb-saytida xabarnomani joylashtiradi.
6.8. Servis
Operatori, O`zbekiston Respublikasi qonunlarida va ushbu Oferta bilan
belgilangan holatlarda, Foydalanuvchining hisobidan mablag `yechib olish
huquqiga ega.
6.9. Ushbu Oferta
shartlari bo`yicha Shartnoma tuzish orqali, Foydalanuvchi Servis Operatoriga
Foydalanuvchining qo`shimcha buyrug`isiz (roziligisiz) Foydalanuvchining
balansidan Shartnomada va Tariflarda ko`zda tutilgan Foydalanuvchi tomonidan
Servis Operatoriga to`lanadigan obuna to`lovi miqdorini ushlab qolish huquqini
beradi.
6.10. Servis
Operatori Foydalanuvchi tomonidan kunlik abonent to`lovi to`lanmagan taqdirda
Foydalanuvchining shaxsiy qaydnomasini blokirovka qilishga haqlidir.
VII. Nizolarning hal qilinishi.
7.1. Servis Operatori Foydalanuvchining barcha kelib tushgan
yozma murojaatlarini, shu jumladan, taraflar ushbu Oferta shartlarida tuzilgan
Shartnoma bo`yicha o`z majburiyatlarini bajarish doirasida «Viva Health
(zoj.vvc.uz)» portalidan foydalanish bilan bog`liq nizolar yuzaga kelganda
tegishli murojaat kelib tushgan kundan boshlab 15 (o`n besh) kun muddatda
ko`rib chiqadi.
7.2. Taraflarning
kelishuviga erishish imkoni bo`lmagan taqdirda, nizolar O`zbekiston
Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda hal etiladi.
7.3. Taraflarning
hech biri ushbu Shartnoma bo`yicha o`z huquq va majburiyatlarini boshqa
Taraflarning yozma roziligisiz uchinchi shaxslarga o`tkazishi mumkin emas.
VIII. Boshqa shartlar.
8.1. Servis
Operatori va Foydalanuvchi o`rtasida ushbu Oferta shartlarida tuzilgan
shartnoma, O`zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan tartibga
solinadi.
8.1.1. Ofertaga
o`zgartirish va qo`shimchalar Shartnomaning 8.1.1.1 - 8.1.1.4. bandlarida
ko`zda tutilgan tartibda Taraflarning kelishuvi bo`yicha kiritiladi.
8.1.1.1. Servis
Operatori Foydalanuvchini Ofertaga kiritilgan o`zgartirishlar va/yoki
qo`shimchalar to`g`risida ularni kuchga kirishidan kamida 3 (uch) kun oldin
Servisning veb-saytiga joylashtirish orqali xabardor qiladi.
8.1.1.2. Ushbu
Ofertaning 8.1.1.1. Bandiga binoan, Servis Operatori tomonidan
o`zgarishlar/qo`shimchalar joylashtirilgan kundan boshlab 3 (uch) kalendar kuni
ichida Foydalanuvchi Servis Operatori tomonidan Shartnomaga kiritilishi taklif
qilingan o`zgartirishlar va/yoki qo`shimchalarga yuzasidan rozilik (qabul
qilish) bildirish yoki Servisning veb-saytida ko`rsatilgan kontaktlardan
foydalangan holda Servis Operatori tomonidan taklif qilingan o`zgartirishlar
va/yoki qo`shimchalar bo`yicha asoslangan rad javibiniyuborish huquqiga ega.
8.1.1.3.
Foydalanuvchi tomonidan Servis Operatorining taklifini (Ofertasini) qabul
qilishini ta`minlash maqsadida Shartnomaning 8.1.1.1. Bandiga muvofiq,
Foydalanuvchi 5 (besh) kun ichida kamida bir marta Ofertaning o`zgarishi va
qo`shimchalari to`g`risidagi ma`lumot uchun Servis veb-saytiga murojaat qilish
majburiyatini o`z zimmasiga oladi. Servis Operatori Foydalanuvchining Ofertaga
kiritilgan o`zgartirish va qo`shimchalar bilan tanishishning imkoni yo`qligi
uchun javobgar bo`lmaydi.
8.1.1.4. Oferta va
tegishli Shartnoma o`zgartirilgan oferta loyihasi Servisning veb-saytida
joylashtirilgan vaqtdan boshlab 3 (uch) kun o`tgach, tomonlarning kelishuvi
bo`yicha o`zgartirilgan hisoblanadi.
8.2. Foydalanuvchi Shartnomaning barcha shartlari unga
tushunarli ekanligini kafolatlaydi, shuningdek Foydalanuvchi shartlarni so`zsiz
va to`liq qabul qiladi.
8.3. Foydalanuvchi ushbu Ofertada va Servisning veb-saytida
ko`rsatilganidan tashqari boshqa maqsadlarda Servisdan foydalanmasligini
kafolatlaydi.
8.4. Ushbu Oferta shartlarida tuziladigan Shartnoma tili,
shuningdek taraflarning har qanday o`zaro munosabatlarida foydalaniladigan til
(shu jumladan yozishmalarni yuritish, talablar / bildirishnomalar /
tushuntirishlar berish, hujjatlar taqdim etish va h. k.) sifatida taraflarlar
rus va o`zbek tillarini aniqlashdi.
8.5. Foydalanuvchi tomonidan ushbu Oferta shartlari buzilgan
taqdirda Servis operatorining harakatsizligi Servis Operatorini o`z
manfaatlarini keyinchalik himoya qilish huquqidan mahrum qilmaydi, shuningdek
Foydalanuvchi tomonidan kelajakda bunday yoki shunga o`xshash qoidabuzarliklar
sodir etilgan taqdirda Servis operatorining o`z huquqlaridan voz kechishini
bildirmaydi.
8.6. Shartnoma Foydalanuvchi tomonidan ushbu Ofertada nazarda
tutilgan Servis ro`yxatidan Foydalanuvchi shaxsiy qaydnomasini o`tkazishga
qaratilgan harakatlar sodir etilgan paytdan boshlab ushbu Oferta shartlarida
tuzilgan hisoblanadi.
8.7. Foydalanuvchi tomonidan ushbu Ofertani qabul qilish yo`li
bilan tuzilgan Shartnoma Foydalanuvchi tomonidan STOP HEALTH kodini 2324 raqamiga
sms orqali yuborish yoki xizmat ko`rsatish operatorining call-markaziga (71)
200 23 07 raqami orqali murojaat qilish yo`li bilan bekor qilinishi mumkin.
8.8. Foydalanuvchi shaxsiy qaydnomasi faol bo`lmagan
foydalanuvchi maqomiga yetganidan keyin Ushbu Oferta shartlarida tuzilgan
Shartnoma bo`yicha Servis Operatorining majburiyatlari bekor deb hisoblanadi,
shu bilan birga, Shartnoma avtomatik ravishda bekor qilinadi.